🔍

Kislorod- oddiy modda, uning olinishi.

Ushbu kitobda 7-sinf kimyo darslari uchun mo'ljallangan mavzular, dars maqsadlari, dars uslublari, jihozlari, dars rejasi, o'qituvchi va o'quvchi shiorlari, darsning borishi, tashkiliy qismi, o'tilgan mavzuni takrorlash, yangi mavzu bayoni, mavzuni mustahkamlash, darsni yakunlash, baholash, uyga vazifa, laboratoriya tajribalari, guruhlar bilan ishlash, savol-javoblar, kimyoviy diktant va "Bingo" o'yini kabi turli interaktiv usullar orqali bilim berish uslublari aks etgan. Kitobda kislorodning xossalari, olinishi, ekvivalentlik qonuni kabi asosiy kimyoviy tushunchalar tushuntirilgan va o'quvchilarning bilimini oshirishga qaratilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

O’zingni angla

Ushbu kitob bolalarning tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan psixodiagnostik metodikalarni o'z ichiga oladi. Kitobda bolalarning umumiy bilimdonligini, matematik qobiliyatini va boshqa ko'plab muhim psixologik xususiyatlarini aniqlashga yordam beradigan turli testlar va mashqlar keltirilgan. Shuningdek, bolalarning temperamenti, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari, hissiy holati va boshqa ko'plab jihatlari tahlil qilinadi. Kitobda psixologlar, pedagoglar va ota-onalar uchun foydali bo'lgan metodikalar jamlangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.7%

Polistirol sopolimeri ishlаb chiqаrish jаrаyonidа polimerlovchi qurilmаni tаkomillаshtirish

Mening bitiruv malakaviy ishim mavzusi hozirgi kunda dolzarb boʻlib, uning echimini topish yanada mas'uliyatli masalalardan biri boʻlib hisoblanadi. Men BMI mavzusini yoritishda barcha ma'lumotlardan foydalandim: jumladan, malakaviy amaliyot davrida ishlab chiqarish korxonalaridan olingan ma'lumotlar, texnologik qurilmalarning chizmalari, ularning ishlash prinsiplari, texnik tavsiflari, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarning tavsiflari, ishlab chiqarish korxonalarida hosil boʻladigan chiqindilar va ularni qayta ishlash usullari, internet ma'lumotlari va boshqalardan foydalandim. Ushbu ma'lumotlarga tayangan holda «Polistirol sopolimeri ishlab chiqarish jarayonida polimerlovchi qurilmani takomillashtirish (Q=32 t/y)» nomli BMI ishini loyihaladim. Natijada tanlangan texnologiyaga mos keladigan texnologik rejimlar bayon qilindi va ortiqcha sarf-harajatlarga yo'l qoʻyilmadi. Men bajargan BMIda kirish, umumiy qism, texnologik qism, iqtisodiy qism, mehnat muhofazasi, atrof-muhit muhofazasi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, ilovalar keltirilgan. Texnologik qismda mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi, konkret turdagi maxsulotlar uchun tegishli texnologik, mexanik, issiqlik va boshqa hisoblar, ularning tahlili, asosiy qurilmalar hamda moddiy balans hisoblari keltirilgan. Chizmalarda asosiy ishlab chiqarish texnologik liniyasi, asosiy qurilma va uning qirqimlari, shuning bilan birgalikda iqtisodiy koʻrsatkichlar jadvali berilgan. Ishlab chiqarish jarayonida e'tiborga olinishi kerak boʻladigan mehnat muhofazasi va atrof-muhit muhofazasi, ish jarayonida ajralishi mumkin boʻlgan zararli texnologik chiqindilar va ularni oldini olish choralari berilgan. Iqtisodiy qismda esa barcha bajarilgan ishlarning natijasida erishiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlar hisoblanib, jadval shaqlida bayon qilingan. Loyihalanayotgan ushbu texnologik liniya men o'ylaymanki, qisqa muddatlarda qilingan barcha sarf-harajatlarni qoplaydi.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.6%