Kimyo
Ushbu kitob kimyo faniga oid ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Unda kimyoning asosiy qonunlari, davriy sistemasi, atom tuzilishi, kimyoviy bog'lanish, kinetika, muvozanat, elektrolit eritmalari kabi muhim mavzularga bag'ishlangan ma'lumotlar keltirilgan. Matn O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi talabalariga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Kimyoning asosiy qonunlari: Kimyo fani, uning xalq xo'jaligidagi roli, taraqqiyot tarixi, ahamiyati, atom-molekulyar ta'limoti, moddalar massasi va energiyaning saqlanish qonuni, tarkibining doimiylik qonuni, ekvivalentlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni, oddiy va murakkab moddalar, allotropiya, kimyoviy reaksiyalar turlari.
- D.I. Mendeleyevning davriy sistemasi va davriy qonuni. Davriy sistemaning ahamiyati: Elementlarni sistemaga solishga urinishlar, D.I.Mendeleyevning davriy qonuni, elementlar davriy sistemasi, elementlar davriy sistemasining ahamiyati.
- Atomning tuzilishi: Atom murakkab sistema ekanligi, katod nurlari, Rentgen nurlari, radiaktivlik hodisasi, atomning yadro modeli, atom yadrosining tarkibi, izotoplar va izobarlar, radioaktiv yemirilish, sun'iy radioktivlik, yadro reaksiyalari.
- Atomning elektron tuzilishi: Atom spektrlari, nurning kvant nazariyasi, N.Bor bo'yicha atom elektron qobig'ining tuzilishi, elektronning atomdagi energetik xolati, ko'p elektronli atomlarning tuzilishi, Pauli prinsipi, atomlarning elektron tuzilishi va davriy sistema.
- Kimyoviy bog'lanish: Kimyoviy bog'lanishning umumiy xarakteristikasi, elektromanfiylik, ionli va kovalent bog'lanish, koordinatsion va vodorod bog'lanish, molekulyar orbital metod.
- Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat: Kimyoviy reaktsiyalarning tezligi, massalar ta'siri qonuni, reaktsiya tezligiga temperaturaning ta'siri, kimyoviy muvozanat, Le-Shatele printsipi, kataliz.
- Elektrolit eritmalari: Elektrolitlarning eritmalari, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, kuchsiz va kuchli elektrolitlarning dissotsilanish konstantasi, ionli reaktsiyalar, eruvchanlik ko'paytmasi.
- Suvning elektrolitik dissotsilanishi: Suvning ion ko'paytmasi va vodorod ko'rsatkich, indikatorlar, tuzlarning gidrolizi, kislota va asoslarning zamonaviy nazariyalari.
- Kompleks birikmalar haqida tushuncha: Kompleks birikmalar haqida umumiy tushuncha, kompleks birikmalarning tuzilishi, olinishi, dissotsilanishi, kompleks birikmalarning turlari, kompleks birikmalarda kimyoviy bog'lanish turlari, kompleks birikmalarning ishlatilishi.
- Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari: Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, tabiatda oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarining roli, oksidlanish - qaytarilish reaktsiyalarining tenglamalarini tuzish, eng muhim oksidlovchi va qaytaruvchilarni xossalari.