Davlat pensiya ta'minoti moliyaviy asosini mustahkamlashda ijtimoiy sug'urtaning mohiyati va ahamiyati
Ushbu kitobda Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy sugʻurta tizimining nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari, ijtimoiy sugʻurta orqali amalga oshiriladigan pensiya taʼminoti turlari va ularni taqdim etish amaliyoti, shuningdek, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Kitobda pensiya tizimini moliyaviy asoslarini mustahkamlashda ijtimoiy sugʻurtaning mohiyati va ahamiyatiga oid ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish boʻyicha tadqiqot olib borilgan.
Asosiy mavzular
- Ijtimoiy sugʻurtaning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari: Ijtimoiy sugʻurtaning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va zarurligi, uning turlari, Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy sugʻurtaning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda ijtimoiy xavf-xatarlarning turlari haqida maʼlumot beriladi.
- Ijtimoiy sugʻurtasi hisobidan amalga oshiriladigan pensiya taʼminoti turlari va ularni taqdim etish amaliyoti: Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar berish amaliyoti tahlili, davlat ijtimoiy sugʻurtasi orqali pensiya taʼminoti mablagʻlarining shakllanishi va ishlatilishi hamda pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining sarflanishi yoʻnalishlari batafsil koʻrib chiqilgan.
- Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish masalalari: Iqtisodiyotni liberalizatsiya sharoitida ijtimoiy sugʻurta tizimini modernizatsiyalash istiqbollari, xususan pensiya tizimini takomillashtirish, pensiya ta'minoti moliyaviy asoslarini mustahkamlash bo'yicha muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari hamda takliflar ko'rib chiqilgan.