Sergeli tumanida yangi taklif etilfyotgan o‘ninchi mavze loyixasini ishlab chiqish.
Mazkur diplom ishi “Sergeli tumanida yangi taklif etilayotgan o’ninchi mavze loyihasiga xavfsizlik choralarini ishlab chiqish” mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda Sergeli tumanining iqlim, relef, geologik, gidrogeologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik sharoitlari, shaharsozlikning zamonaviy talablariga mos keladigan turar joy binolari, madaniyat markazlari, o'quv maskanlari, bolalar bog'chalari, yashil hududlar va boshqa obyektlar arxitekturaviy-rejaviy loyihalangan. Loyihada aholi uchun qulay sharoit yaratish, ularning hayot sifatini oshirish, har bir hududning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, milliy va zamonaviy me'morchilik an'analarini uyg'unlashtirgan holda yashashga qulay muhit yaratish asosiy maqsad qilib olingan. Xususan, mavzening zamonaviy arxitektura yechimi, muhandislik kommunikatsiyalari, transport infratuzilmasi, yong'in havfsizligi choralarini o'z ichiga oladi. Loyihada, shuningdek, mehnat havfsizligi va sanitariya-gigiyena talablari ham hisobga olingan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab arhitektura va shaharsozlik sohasiga katta e'tibor berilib, shaharsozlik sohasi faoliyatida bir qator O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar Maxkamasining ushbu soha yuzasidan qarorlari qabul qilindi. Bu hujjatlar O'zbekiston Respublikasida Arhitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirishga qaratilgan. O'zbekistonda yuz berayotgan siyosiy va ma’naviy rivojlanish, jamiyatni demokratlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyot mamlakatimizdagi shaharsozlik sohasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini jadal rivojlantirdi. Shu bilan birga shaharsozlik sohasi ushbu zamonaviy bosqichda hududiy tizimlarning yangi masshtablari, rejalashtirish va kelajak istiqbollarining yangi loyihaviy muddatlari, shaharlarni loyihalash va qurishning yangi muammolari bilan yuzma-yuz keldi. Bu esa yosh mutaxassislar - shaharsozlarni tayyorlashga yangicha yondashuvni talab etadi.
- Toshkent shahri tarixi: Toshkent haqida ma’lumotlar eramizdan oldingi II –I asrlardan ma’lum bo’lib kelgan. Toshkent har davrda turli nomlar bilan atalib kelingan- Shosh-tepa, Choch-tepa. XI asrdan esa Toshkent nomi bilan atalib kelingan. Toshkent - tosh – shahar deb atalib kelingan. Xitoy manbalariga ko’ra Toshkent Shi, Chjemi va Yueni deb atalib kelingan. Shi so’zi xitoy tilida “Tosh” deb ta’riflangan. O’rta asrlarda shahar Binkent deya ta’riflangan. Beruniyning ta’kidlashicha Binkent X asr so’ngida Qoraxoniylar tomonidan Somoniylarni mag’lub qilishi natijasida Toshkentga o’zgartirilgan. XIV-XV asrlarda Toshkent Amir Temur imperyasi tarkibiga kirgan. Qo’qon xonligi davrida Toshkent devor uzunligi 20 km bo’lgan 12 ta darvozadan iborat bo’lgan shahar edi. 1865 yilda Rus askarlari tomonidan bosib olinganidan so’ng Toshkent ikki qismga ajralib qoldi. Yangi shahar va eski shahar. Ularni “Anhor” kanali ajratib turardi. Eski shahar qismida xalq hunarmandchiligi, bozorlar joylashgan bo’lsa, yangi qismida sanoat binolari qad ko’targandi. Bo’zsuv kanalining quyilishi natijasida paydo bo’lan, Anhor kanalining boshlanish qismi Kichik xalqaning janubi hisoblanadi. Anhor kanalining umumiy uzumliligi 23.5 kilometrni tashkil etadi. Sug’oriladigan maydoni esa taxminan 5000 gektarni tashkil etadi. To’ntarishgacha bo’lgan davrda Angar deb atalgan.
- Toshkent shahri iqlimi: Toshkent subtropik va mo’tadil-kontinental iqlim chegarasida joylashgan. Yiliga 440 mm yog’ingarchilik yog’adi. Cho’l qismidagi va tog’li hudud bir-biridan tubdan farqlanadi. Ayoz kunlar uncha davomiy emas. Eng minimum harorat 20 dekabrd 1930 yilda -29.5 ° C, maksimum harorat esa 18 iyul 1997 yilda +44.6°C gradus deb tasdiqlangan. Bahor va kuz fasllari erta keladi. Qizish va suvning oz miqdorligidadir. Yillik o’rtachashamol tezligi — 1,4 м/с. Yillik o’rtachahavonamligi— 56 %. Yillik o’rtaharorat - +14,8 C°.
- Sergeli tumani: Sergeli tumani Toshkentning janubida joylashgan. 1966-yil zilziladan so’ng (o’sha paytlarda) shahar chetidagi tumanning qurilishidan bo’sh yerlarga zilziladan ziyon ko’rgan Toshkent aholisini ko’chirish maqsadida yoppasiga yashash uchun qurilish boshlab yuborildi. Sergeli tumanining nomlanishi boshlanishi sabab, aholi orasida ushbu tuman Sergey Li (Li- Toshkent va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi koreyaliklar orasida keng tarqalgan familiya) nomidan kelib chiqqan degan fikr yurgan. Biroq, bu fikr mutaxassislarda gumon tug’dirdi, koreyaliklar Toshkent viloyatida XX asrning 30-yillaridan so’ng shu yilgacha yashab kelgan Uzoq sharqdan SSSR hukumati tomonidan deportatsiya qilingandan so’ng joylashtirilgan. Ma’lumki, Sergeli hududining nomlanishi ancha yil ilgari bo’lgan. Hudud tadqiqotchilari fikricha, hududning Sergeli nomini olishi, qachonlardir ro’znomalardan yozilishicha Toshkent hududida cho’l qirg’izlari (qozoqlar) ning har xil irqlari, ayniqsa yaqin kunlarda Chimkent hududidan kelib ,,Sergele” irqiga mansub aholi sababdir.
- Me’moriy - rejaviy yechim: Sergeli tumanidagi loyihalashtirilayotgan hudud 109 gektar baydonni egallaydi. Ushbu hudud ikki bitiruvchiga taqsimlab berildi. Loyihadan asosiy maqsad ikki hududni bir biri bilan uyg’unlashtirilgan holda yahlit kompozitsion yechim takif etishdir. Men o’z loyihamda 54 gektar joyni egallagan mavze hududini tashkil etish masalasini hal etganman. Loyiha ustida ishlash jarayonida ushbu hududni tashkil etuvchi mavjud turar-joy binolari ham ma’nan, ham jismonan eskirganligini hisobga olgan holda ulardan vos kechish masalasini qo’ydim. Men loyihalashtirgan mavze uning yonida joylashgan mavze bilan uzviy bog’liqdir. Shu ikki mavze uchun umumiy kichik jamoat markazi tashkil qilindi va ularni bog’lash maqsadida piyodalar o’tish ko’prigi loyihalandi. Mavze hududida 5, 7, 9, 12 qavatlardan iborat bo’lgan turar-joy binolarida foydalanildi. Binolar ochiq terassalarga ega, ular gidroizolyatsiyalangan bo’lib, ekalogiyaga foyda keltirish maqsadida tabiiy o’simliklar ekish orqali havoni yanada tozalashga va ochiq havoda dam olishga hizmat qiladi. Bu ham bolalarni salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ta’lim jarayonini yaxshilanishiga ko‘maklashadi. Terassalar asosan binolar burilganidan hosil bo’gan burchaklarda joylashgan bo’lib, binolarning yahlitligini saqlashga ham yordam beradi. Terassalar 3-qavattan boshlab loyihalangan bo’lib, uning ostida ya’ni 1-2-qavatlarda har xil savdo do’konlari, dorixonalar, kichik kafelar va maishiy hizmat ko’rsatish shahobchalari mavjud. Bundan tashqari bino tomida ham yashil hudud tashkillashtirilgan. U yerda chiroyli manzaradan bahra olibgina qolmay, toza havoda miriqib dam olsa ham bo’ladi. Bundan tashqari har bir uyning tomiga quyosh batareyalari o’rnatilgan bo’lib, ulardan olingan energiya shu uyda yashovchi aholi ehtiyojlarini qondirishga hizmat qiladi. Hudud hisob-kitobga ko’ra 13850 kishiga mo’ljallangan bo’lib, shundan 18 %i ya’ni, 2393 ta o’quvchi uchun 2 ta umum ta’lim maktabi va 14 % maktabgacha yoshdagi bolalarning 75 %i, ya’ni 1455 nafar bolaga 5 ta bog’cha barpo etish mo’ljallangan. Maktab va bog’cha binolari me’yoriy hizmat ko’rsatish radiusiga amal qilgan holda hudud bo’ylab joylashtirilgan. Turar joy fo’ndining o’rtacha zichligi 5643 m2/ga. Umumiy turar joy fo’ndi esa 304722 m2 ni tashkil etadi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida kichik jamoat markazi tashkil etilib, piyodalar harakati uchun mo’ljallangan yer usti yo’li ya’ni ko’prik loyihalandi. Mazkur ko’prik nafaqat piyodalar o’tishi uchun balki, unda o’tirib dam olish, atrofidagi chiroyli manzarani tamosha qilish imkoniyatini ham beradi. Shu maqsadda ko’prik – platfo’rma sifatida loyihalanib oddiy ko’priklardan kengligi bilan farq qiladi. Bundan tashqari ko’prik gidroizolyatsiyalabgan bo’lib, unda yashil hudud tashkil etilgan. Markaz hududida esa favvoralar atrofida sayr qilish, o’tirib suhbat o’tkazish, muzqaymoq yeyish, salqin ichimliklar ichish, ro’likli konki, skeytlarda va velosipedlarda uchish, kolyaskada yosh bolalar bilan sayr qilish imkoniyati mavjud. Turar-joy binolari guruhli qilib tashkillashtirilgan. Har bir guruhda turar-joy hovlilari mavjud. Hovlilarda bolalar o’ynashi, kattalar suhbat qurishi, avto egalari mashinalarini vaqtinchalik saqlashi uchun sharoitlar yaratilgan. Shuningdek mashinalarni turar-joy binolarining podvol qismiga ham qo’yish mumkin qilib loyihalangan. Barcha bino va inshoatlar o’zaro piyodalar yo’lkalari bilan qulay tarzda bog’langan. Bundan tashqari mavze hududida maroqli sayr qilish uchun ko’kalamzorlarga boy bo’lgan alleya mavjud. Ushbu alleya yonma-yon bo’lgan 2 ta mavze hududini bog’lash vazifasini ham o’taydi. Alleyada nafaqat piyodalar uchun balki velosiped haydovchilariga ham yo’laklar mavjud. Mavze hududida va uning chegaralarida transport va avtomobil qatnovi uchun qulayliklar yaratilgan. Mavze hududi ko’kalamzorlashtiriladi. Buning uchun soya beruvchi va dekorativ daraxtlar mavsumiy gullaydigan butalar, qishin-yozin ma’lum bir ketma ketlikda gullaydigan anvoi gullar ekish rejalashtirilgan. Mikrorayon hududida tashkil etilgan alleya transport qatnovidan butunlay ozod etib loyihalangan. Bu esa aholining ushbu shovqindan, changdan, havf-hatardan yiroq bo’lishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari alleya hududida favvorali maydon mavjud bo’lib, u aholiga maroqli hordiq chiqarishga yordam beradi. Mavze hududida ko’plab sport maydonchalari, kichik bolalar uchun o’yin maydonlari, kattalar dam olishi uchun tinch hududlar tashkil etilgan. Ushbu loyihada ko’zda tutilgan barcha yechimlar keyinchalik Toshkent shahrining rekonstruksiya qilinayotgan yoki yangidan barpo etilayotgan barcha hududlar uchun etalon vazifasini bajarishi ham mumkin.
- Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish: Turar joy tuzilmasini landshaft tashkil etilishi qo'shnichilik munosabatlari, dam olish, jamoatchilik bo'sh vaqti va turli ierarxik darajadagi hududlarda dam olishni piyodalar uchun imkoni borligining psixologik qulayligini hisobga olib rejalashtiriladi. Masalan, shaxsiy dam olish kichik bog' hududida kichik hovlilarda, ochiq xonadon ayvonchalarida va birlamchi uy oldi maydonlarining umumiy hovlilarida tashkil etiladi (odatda bu yerda oila a'zolari va kichik yoshdagi bolalar kattalarning nazorati ostida dam oladi; kichik maktab yoshidagi bolalarning va qariyalarning dam olishi uy oldidagi yarim jamoatchilik maydonlarida tashkil etiladi; o'smirlar va kattalarning dam olishi mikrorayonning jamoatchilik maydonida tashkil etiladi. Yoshlar dam olish va bo'sh vaqtini turar joydan tashqarida (shahar yoki tuman rekreatsiyalarida) o'tkazishni afzal ko'radi. Landshaft–rekreatsion fazolarning barcha sanab o'tilgan elementlari turar joy qurilishi landshaft muhiti yaxlitligini shakllantirishda, dam olish, muloqot qilish va bo'sh vaqtni o'tkazish muhitning psixologik va fiziologik qulayligini ta'minlashda o'zaro bog'lovchi ahamiyatga ega bo'ladi. Muhitning qulay mikroiqlimiy, sanitariya-gigienik va estetik tavsiyalarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Bunda landshaftni tashkil etishda o'simliklarni to'g'ri tashkil etish yetakchi ahamiyatga ega bo'ladi. Aholining turli guruhlarining dam olishini ta'minlash uchun kichik yoshdagi bolalarning (0-4 yosh), maktabgacha yoshdagi bolalarning (5-7), kichik yoshdagi o'quvchilar (8-10 yosh), o'rta yoshdagi o'quvchilar (11-14 yosh), o'qiyotgan yoshlar (15-22 yosh), ishlayotgan yoshlar (23-35 yosh), mehnat qilish qobiliyatiga ega aholi (36-60 yosh) va nafaqaxo'rlar (60 va undan ortiq yosh) dam olishi hududlarini funksional zonalarga ajratishni ko'zda tutish zarur. Aholining har bir guruhi o'z vaqt byudjetiga ega turar joy tuzilmasi hududida dam olishning tarkibi va mazmuniga o'zining o'ziga xos talablarini qo'yadi: Taxminan 70% maktabgacha yoshdagi bolalar yakshanbadan boshqa kunlar maktab muassasalarida bo'lishadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nisbatan ham harakatchan bo'lishadi va odatda uyga kirish joylari yaqinida sayr qilib yurishadi. Ko'pincha ularni oiladagi katta yoshdagi kishilar kuzatib yurishadi, bu kattalar uchun o'yin maydonlarida yoki ular yonida dam olish joylari tashkil etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin maydonlari kichik shakllar to'plami bilan jihozlanishi kerak, bunday yoshdagilar uchun qum chuqurlari, past arg'imchoqlar, sirpanib tushuvchi balandliklar va boshqalar o'ziga xosdir. Kichik va o'rta yoshdagi maktab o'quvchilari kunning ikkinchi yoki kechki yarmini mikrorayonning o'yin maydonchalarida o'tkazishadi. Ular maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan ancha harakatchan va mustaqil bo'lishadi, ularning o'yin maydonchalari kichik shakllarning ancha keng to'plamiga ega bo'lishi va iloji boricha turar joy binolaridan ko'kalamzor bilan, maktabgacha yoshdagi va kattalar dam oladigan maydonchalar bilan ajratilishi kerak. O'rta va katta yoshdagi maktab o'quvchilari kunning ko'p qismini maktabda o'tkazishadi va vazifalarini bajarish uchun ko'p vaqt sarflashadi. Bu guruhdagi bolalar uchun hududning boshqa komponentlaridan ajratilgan asosan sport maydonlari barpo etilishi kerak. Kattalar va yoshlar ish kunlarini o'rtacha 10-11 soat turar joylaridan tashqarida o'tkazishadi (ish, o'qish, madaniy-maishiy va tomoshabop joylarga, stadionlar va shahar parklariga borish). Aholining bu guruhi mikrorayon hududidan eng kam foydalanadi. Pensionerlar vaqtining ko'p qismini uy yaqinida o'tkazishadi. Ularning taxminan 20% maktabgacha yoshdagi bolalar bilan, 60% i esa bolalarsiz dam olishadi. Ular uchun uy yaqinida maydonchalar quriladi. Turar joylar qurilishida har xil kompozitsion-fazoviy qurilmalar qo'llanilishi mumkin. Shuningdek turar joy guruhlari, masalan, perimetral va chiziqli kompozitsion-fazoviy qurilmalar quriladigan va aloxida turgan uy-joy oldidagi hududlarning landshaftini tashkil etishi 3-4-chi rasmlarda ko'rsatilgan. Turar joylar maydonchalarining normasi pastdagi jadvalda berilgan. Loyihalash tajribasi shuni ko'rsatadiki, turar joy hududlarida 1m²/ kishi hisobida sport maydonchalari joylashtirish mumkin emas. Faqatgina 0,7m²/ kishi hisobida joylashtirish mumkin. Qolgan maydonchalar yoki ularning katta qismini bevosita turar joy qurilishi hududidan tashqarida joylashtirish mumkin.
- Xududni muxandislik tashkil etish va transport: Mikrorayonlarda transportlarning ichki qatnovi muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, turar-joylari bo’lan joylarda avtoulovlar ham bo’ladi, ularni qatnovi, turishi uchun sharoit kerak bo’ladi. Loyihamda shularni hisobga olgan holda, avtoturargohlarni turarjoy binolarini yoniga qavatli qilib loyihalashni taklif etdim. Bu tipdagi turargohlar, hozirgi zamon talabi desa ham bo’ladi. Chunki, aholi soni o’sishi hisobiga ulovlar soni ham o’smoqda. Joylarni tejash, joydan unumli foydalanish maqsadida ham hozirda bu usul keng qo’llanilmoqda, Albatta, o’ziga yarasha kamchiligi ham bor. Agar barcha texnik talablar bajarilsa, bu kamchiliklar yutuqga aylanadi. Har bir turar joy binosi tagidagi avtoturargoh 2-qavatdan iboratdir. Tabiiy yoritilmaydigan avtoturargohni yoritish maqsadida binolarning tom qismiga quyosh batareyalari o’rnatilgan. Ular quyosh nurlari yig’ib, yer to’la qismidagi chiroqlarni yoritib turadi, Undan tashqari qolgan, ya’ni yig’ilgan energiyani binolardagi podyezdlarni yoritishga sarflanadi. Avtoulovlarning joylashish sxemasi: 1-Ochiq avtoturargoh; 2- ochiq avtoturargoh; 3- binodan tashqarida joylashgan vtoturargoh; 4-binoning yer to’la qismida joylashgan avtoturargoh.
- Hayot faoliyati va mexnat xavfsizligi: Zamonaviy qurilishda mehnat havfsizligining o‘rni va ahamiyati. Mehnat havfsizligining zamonaviy qurilishdagi vazifasi ishchi va hizmatchilarning yashashi va mehnat jarayonida sog‘liqni saqlash, ya’ni kasbiy kasaliklar, tasodifiy jarohatlanish kabi baxtsiz hodisalarni oldini olishdan hamda, tabiiy texnogen tehnika va harakat havfsizligi sabablariga ko‘ra ishchilarning sog‘lig‘ini, mehnat qobilyatlarini saqlash, shikastlanish, nurlanish, avariya, yong‘in va boshqa kasb kasalliklarini oldini olish va bu sohadagi qonunchilik hamda mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rgatishdan iboratdir. Mehnat havfsizligi hizmatining asosiy vazifalari qurilish maydonlarida va uning bilan bo‘liq bo‘lgan ish jarayonlarida sodir bo‘ladigan jarohatlanish va boshqa baxtsizliklarni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish va tashkilot ma’muryatini ishchi va xizmatchilarga ish sharoitini yaxshilab berish, ustidan nazorat qilib turishi, fan va texnika yutuqlarini joriy qilish asosida mehnat havfsizligi va himoya vositalarini mutassil takomillashtirish, qurilishda mehnat madaniyatini oshirish, baxtsizliklarni oldini olishga qaratilgan tashkiliy va tehnik, hamda sanitariya tadbirlarini ishlab chiqarish, ularni joriy qilish va hokozolardan iboratdir. Qurilishda mehnat sanitariyasi va gigienasi. Shahar qurilishining asosiy vazifalaridan biri – aholi yashash uchun qulay sanitariya-gigienik sharoitlarni ta’minlashdir. Bu vazifa juda ko‘plab yo‘llar bilan, jumladan, shaharlarning sanitariya obodonchiligi va tuproq, suv, havo basseynlarining tozaligi, shuningdek shahar hududining tozaligini saqlash yo’llari bilan hal qilinadi. Shaharlarni sanitariya obodonchiligida shahar hududlarini tozalash va yig‘ishtirish jiddiy ahamiyatga egadir. Toshkent shahri uchun mo‘ljallangan turar joy tumanlarni QMQ va SHNQ da ko‘rsatilgan me’yorlardan chiqmagan holda. Bituruv loyihamning mavzusi “Sergeli tumanida yangi taklif etilayotgan o’ninchi mavze loyihasi” bo‘lib, unda qurilish maydonida ish boshlashdan 3 oy oldin buyurtmachi tomonidan bosh pudrat tashkilotiga barcha qurilish loyihalari to‘liq ishlangan holda taqdim etilgan. Bu loyihalar tarkibidagi ularning ajralmas qismi hisoblanuvchi qurilishni tashkil etish loyihalari bo‘lmog‘i shart va ularda havfsizlikni ta’minlash masalalarini hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan holda to‘liq aks ettirilgandir. Mehnatni muhofaza etishda zarur bo‘lgan chora tadbirlar loyihalash davrida ikki bosqichda hal etilgan. Birinchi bosqich - loyihalash davrida qurilishni tashkil (QMQ) loyihasini tuzish, ya’ni qurilishdagi yalpi ishlar ketma-ketligini va umumiy havfsizlikni ta’minlovchi tadbirlardan iboratdir; Ikkinchi bosqich - qurilish chog‘ida surinkali davom etadigan ishlarni bajarish jarayonida havfsizlikni ta’minlaydigan ishni bajarish loyihasini tuzishdan iboratdir. Mehnat havfsizligi dastlab loyihani tuzuvchi tashkilot tomonidan qurilishni tashkil etish loyihasida, bosh pudratchi tashkilot tomonidan esa ishni tashkil qilish loyihasida aks ettiriladi. Bu loyihalarda ko‘riladigan jami masalalar uchta, ya’ni umummaydon xavfsizligi, tartibod jarayonidagi xavfsizlik va mahsus masalalardir. Umummaydon masalalari qurilish va bosh rejasida ko‘rilib, maydonni tanlash va mashina mexanizmlar uchun kirish va chiqish yo‘llarini belgilash, ishchilarni belgilash, ishchilar va rahbar muhandislar uchun zarur bo‘lgan barcha yordamchi inshoatlarni, ya’ni yechinib-kiyinish, ovqatlanish va yuvinish xonalari, sanitariya qoidalariga rioya qilingan holda joylashtiriladi. Vaqtinchalik foydalanish uchun elektr tarmog‘i, issiq va sovuq suv , hamda oqava suv uzatgich tarmoqlari, aloqa va radio tarmoqlari kabi inshoatlarni aniq hisoblar asosida to‘g‘ri joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Qurilish jarayonida ifodalanovchi ikkinchi masala tartibot va mehnat jarayoni haritalarida o‘z yechimini topadi, unda ishchining salomatligini himoya qilish borasida aniq hisoblarga asoslangan va mahalliy ish sharoitlarini inobatga olgan muhandislik mulohazalari o‘zini yagona aniq yechimini topgan bo‘lishi lozim. Uchinchi mahsus masalalar turkumini hal etishdan iborat bo‘lib, mahalliy yer, iqlim va ekologik shart sharoitlaridan kelib chiqqan holda, quruvchi va atrof muhit uchun hatarsiz bo‘lgan manbalardan foydalanib, havf-hatar manbalarini esa bartaraf qilinishiga qaratilgan. Ya’ni qurilish maydonidagi barcha kommunikatsiya ,injenerlik jihozlarini mahalliy hokimiyat bilan kelishgan holda ko‘chirish yoki vaqtinchalik to‘xtatilish nazarda tutilgan. Ishlarni rejali va havf – hatarsiz olib borilishi, bosh tarxdagi xavfsizlik tartiblari, mahalliy tadbirlarni qay darajada hal qilinganligiga va iqlim sharoitlari qanchalik to‘liq hisobga olinganligiga bevosita bog‘liqdir. Qurilish bosh tarxida mehnat muhofazasining texnikaviy va tashkiliy majmuasi hal qilinadi. Yong‘in xavfsizligi. Yong‘indan asosiy himoya bu loyihani va loyihada qo‘llanilgan qurilish ashyolarini to‘g‘ri tanlanganligidan iboratdir. Xonadonlardagi xonalarda yong‘in havfsizligi choralarini ishlab chiqdim. Asosiy o‘t o‘chirish quroli suv bo‘lganligi uchun, o‘t o‘chirish bo‘limlarini joylashish radiusi ham hisobga oldim. Turar-joy va turar-joy bo‘lmagan binolar yong‘in gidrantlari loyihada joylashishini ko‘rsatdib o‘tdim. SPRINKLER tizimining umumiy ko’rinishi. Yong‘inni tez bartaraf etish uchun sprinklerli avtomatik tizimni taklif etdim. Standart sprinker eruvchan ventil ko‘rinishda bo‘lib, yong‘in paytida ventil teshigi erishi natijasida yuqori bosim ostidagi suv yong‘inni o‘chiradi. Sprinkerlarni 3-4 metr masofa bilan o‘rnatiladi. Turar joy binolarida sprinker tizimi asosan chiqindi quvirlari, yer ostida joylashgan avtomobillar avtoturargohida, turar joy binolarini 1 va 2-qavatlari savdo ko‘rsatish punktlarida o’rnatiladi. Undan tashqari ularni yo‘laklarda yoki xonadonlarning kirish qismida joylashtirish tavsiya etiladi.
- Xulosa: Bugungi kunda O'zbekistonda ko'p sohalarda islohotlar, xalq farovonligi yo'lida olib borilayotgan ishlar qatorida arxitektura va shaharsozlik sohasida olib borilayotgan ishlar ham diqqatga sazovordir. 2016-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Sergeli tumanini me`moriy rivojlantirish konsepsiyasi” shaharsoz arxitektorlarni yanada mas`uliyat bilan Toshkent shahar tumanlarini xalq farovonligi yo`lida rivojlantirishga ruhlantirmoqda. Shularni inobatga olgan holda men ham bitiruv malakaviy ishim mavzusini “Sergeli tumanida yangi taklif etilayotgan ekspremental mavze”deb tanladim. Diplom ishimni loyihalash jarayonida men hududni chuqur o'rgandim, mamlakatimiz va chet el zamonaviy tajribasidan foydalangan holda, o'z hududimda iqlim sharoitlariga mos, xalqimiz uchun ham an'anaviy ham zamonaviy bo'lgan turar joy binolari, ma'rifat markazlari-kutubxona va o'quv markazlarini, mahalla yig'ini, rekreatsiya dam olish hududlarini arxitektura rejaviy loyihaladim. Asosiy maqsad mavzeda yashovchi aholiga ham yashash uchun, ham farzandlarning ma'naviy –ma'rifiy komolga yetishi uchun, aholining dam olishi uchun qulay shart sharoitlar yaratishdan iborat bo'ldi. Men ushbu loyihamda buni uddasidan chiqdim deb o`ylayman. Kelgusida men yaratgan ushbu loyihada ko’zda tutilgan barcha yechimlar, xalqimizga manzur bo`ladi deb umid qilaman va Toshkent shahrining rekonstruksiya qilinayotgan yoki yangidan barpo etilayotgan barcha hududlari uchun etalon vazifasini bajaradi deb o`ylayman.