Sergeli tumanida yangi taklif etilayotgan to’qqizinchi mavze loyihasi
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent arxitektura qurilish instituti Arxitektura fakulteti tomonidan tayyorlangan bo'lib, "Sergeli tumanida yangi taklif etilayotgan to'qqizinchi mavze loyihasi" mavzusidagi bakalavr diplom ishi uchun tushuntirish xatidir. Kitobda Sergeli tumanining Toshkent shahri tarkibida joylashuvi, iqlimi, tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shaharsozlikning zamonaviy yondashuvlari asosida loyihalashtirilgan yangi mavze, undagi turar-joy binolari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport tizimi, muhandislik kommunikatsiyalari, landshaft arxitekturasi, yashil zonalar, mehnat xavfsizligi va yong'in xavfsizligi kabi masalalar atroflicha yoritilgan.