KYeM-GM(KYeM=Gd,Dy,Ho;TGM=Fe,Co,Ni) sistemalaridagi birikmalarda amal qiladigan almashinuv o’zaro ta’sir parametrini yarim empirik hisoblash
Ushbu dissertatsiya kamyob yer metallari (KYeM) va o'tish metallari (TGM) asosidagi birikmalarning magnit xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Asosiy e'tibor KYeM va TGM orasidagi almashinuv o'zaro ta'sirini yarim empirik usulda aniqlashga qaratilgan. Ishda turli birikmalarning elektron tuzilishi, magnit xossalari, Kyuri temperaturasi kabi xususiyatlari nazariy va eksperimental nuqtai nazardan tahlil qilingan.