"Anizotrop silindrik qatlam va qobiqlarning o’qqa nisbatan simmetrik tebranishlari "
Ushbu kitob deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi sohasiga oid bo'lib, unda silindrik qatlam va qobiqlarning tebranish jarayonlari, xususan, anizotrop materiallardan tashkil topgan silindrik elementlarning o'qqa nisbatan simmetrik tebranishlari texnik nazariyasi va ularning xususiyatlari batafsil o'rganilgan. Shuningdek, materialning xususiyatlarini hisobga olgan holda konstruksiyalarning tebranishlari masalalari ham ko'rib chiqilgan.