History modernization and integration of culture
Ushbu maqola globalizatsiya sharoitida milliy madaniyatga modernizatsiya va integratsiyaning ta'sirini o'rganadi. Unda modernizatsiya nazariyasi, uning tarixiy rivojlanishi va madaniyatga integratsiyasi ko'rib chiqiladi. Maqolada modernizatsiyaning ikki turi, ya'ni organik va noorganik modernizatsiya farqlanadi. Organik modernizatsiya mamlakatning o'z ichki rivojlanishini anglatsa, noorganik modernizatsiya tashqi ta'sirlarga javoban amalga oshiriladi. Shuningdek, madaniy o'zgarishlar, ijtimoiy taraqqiyot va global integratsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Maqola zamonaviy jamiyatda madaniy o'ziga xoslikni saqlash masalasiga ham to'xtalib, millatlararo muloqot va migratsiyaning madaniyatga ta'sirini ko'rsatib beradi.