"MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI "
Ushbu kitob Markaziy Osiyo xalqlarining qadim zamonlardan to Arab xalifaligigacha bo'lgan tarixini o'rganadi. Unda mintaqaning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi bosqichma-bosqich bayon etilgan. Manbalar asosida qabilalarning shakllanishi, davlat tuzilmalari, ularning o'zaro munosabatlari, mahalliy va xorijiy bosqinchiliklarga qarshi kurashlar, madaniyat va diniy e'tiqodlar tahlil qilingan.