"Sózlerim merúertdur" Sh.Ábdinazimov
Ushbu kitob, qoraqalpoq tilshunosi Sh. Abdinazimov qalamiga mansub bo'lib, qoraqalpoq adabiyotining buyuk namoyandasi Berdaq G'arg'aboy ug'lining asarlaridagi til xususiyatlarini tarixiy-etimologik jihatdan o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda Berdaq ijodidagi turkiy, xitoy, arab-fors, rus hamda boshqa hind-yevropa tillaridan kirgan so'zlar tahlil qilingan. Jumladan, alifbo tartibida joylashtirilgan so'zlar, ularning etimologiyasi, ma'nolari va qo'llanilish holatlari atroflicha yoritilgan.