Ingliz va o`zbek tillarida maqollarning ifodalanishi
Ushbu kitob ingliz va o‘zbek tillarida maqollarning tasnifiga bag‘ishlangan. Unda maqollarning paydo bo‘lish tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari, idiomalar va matallardan farqlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, maqollarning o‘z va ko‘chma ma’nolarida qo‘llanilishi, sinonimlik xususiyatlari va uslubiy vazifalari hamda turli mavzulardagi tasnifi keng yoritilgan.