«Орзигул» достонида доимий эпитетлар
Maqolada "Orzigul" dostonidagi doimiy epitetlar tahlil qilinadi. Unda Islom shoir Nazar o‘g‘li kuylagan variant asosida doimiy epitetlar haqida mulohazalar bayon etilgan. Tadqiqotda N.Xadjimusaevaning "Orzigul" dostoni tilining lug‘ati"dan foydalanilgan. Xalq dostonlarining tasviriy vositalarga boyligi, xususan, epitetlar ahamiyati ko‘rsatilgan. Epitetlar orasida doimiy epitetlar va ularning epik asarlarda tutgan o‘rni alohida ta’kidlangan. Maqolada doimiy epitetlarning "oltin", "tilla", "zar" kabi so‘zlar bilan ifodalanishi, ularning doston matnidagi o‘ziga xos qo‘llanilishi misollar bilan yoritilgan. Shuningdek, "sumbul" epiteti va uning shoir tomonidan ishlatilishi tahlil qilinadi. Ba’zi doimiy epitetlar doston qahramonlarining xususiyatlarini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi.