Аминолупининниң орто- ҳәм мета-алмасынған аминобензоил туўындылары
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi hududida o'sadigan o'simliklardan ajratib olinadigan alkaloidlar, xususan, Anabasis aphylla o'simligi va uning tarkibidagi alkaloidlarning kimyosi, tuzilishi, stereoizomeriyasi, yangi hosilalari sintezi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va farmakologik faolligiga bag'ishlangan. Asosiy e'tibor aminolupinin va uning hosilalarini sintez qilish, ularning anestetik ta'sirini o'rganishga qaratilgan. Kitobda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari, sintez usullari, reaksiyalar optimallashuvi va yangi fiziologik faol birikmalar haqida ma'lumotlar keltirilgan.