Оценка тригонометрических сумм и их приложения к решению некоторых аддитивных задач теории чисел
Ushbu monografiya trigonometrik yig'indilarni baholash va ularning sonlar nazariyasining ayrim additiv masalalarini yechishga tatbiqlariga bag'ishlangan. Unda juft sonlarni ikkita tub son yig'indisi sifatida ifodalash, natural sonlarni tub son va uning darajasi sifatida ifodalash, shuningdek, tub sonlar yig'indisi va kasr qismlarining taqsimlanishi kabi masalalarga to'xtalib o'tiladi. Kitobda Hardy-Littlewood hamda Vinogradov usullari, shuningdek, Vaughan va Davenportning yangi usullari hamda uslublari haqida ma'lumot beriladi. Monografiya matematika ynalishi talabalari, magistrlar va doktorantlar uchun mo'ljallangan.