Bilimlar sinovi
Ushbu kitob MS Excel dasturida o'quvchining reytingiga asosan baho chiqarish, daryo oqimining tezligini topish, geometrik shakllarning yuzini hisoblash, uchburchak hosil qilish mumkinligini aniqlash va manfiy sonlarning kubini hisoblash kabi turli masalalarni hal qilish dasturlarini tuzishga bag'ishlangan. Unda MS Excel formulalari, algoritmlar, blok sxemalar, Pascal dasturlash tilidagi kodlar keltirilgan. Kitobda berilgan masalalarni yechish orqali dasturlash asoslari va amaliy ko'nikmalarni shakllantirish mumkin.