Газ таъминоти
Ushbu kitob "Gaz ta'minoti" O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv qo'llanma sifatida yaratilgan. Kitobda yonuvchi gazlar, ularning fizik-kimyoviy xossalari, gazning paydo bo'lishi, uni qazib olish va uzoq masofalarga uzatish, tarmoqlangan gaz ta'minoti tizimlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shahar gaz ta'minoti loyihasi, iste'molchilarga sarflanayotgan gazning yillik miqdori hisobi, gazning turli xil iste'molchilarga sarflanish tartibi, gaz tarmoqlarining gidravlik hisobi uslublari yoritilgan. Gaz tarmoqlarida gaz bosimi boshqarilishida bosim regulyatorlari va ularning turlari, ishlash jarayoni, gaz boshqaruv shaxobchalari va qurilmalaridan foydalanish, ularga texnik xizmat ko'rsatish, gaz tarmoqlaridan foydalanishda texnika va yong'in xavfsizligi yoritilgan. Qo'llanmada amaliy hisoblar va gaz ta'minoti tizimlarini loyihalash uchun zarur bo'lgan me'yoriy ma'lumotlar ham keltirilgan.