Regional characteristics of demographic development in the republic of Uzbekistan
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi aholisining demografik rivojlanishining mintaqaviy xususiyatlarini o'rganadi. 1991-2014 yillarda aholi sonining o'sish dinamikasi tahlil qilinib, demografik, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning ta'siri aniqlangan. Maqolada respublika aholisining hududiy o'sish sur'atlari bo'yicha guruhlarga ajratilgan. Shahar va qishloq aholisi tarkibi, urbanizatsiya darajasi (past, o'rta, yuqori) tahlil qilingan. Shuningdek, O'zbekistonning MDH davlatlari orasidagi o'rni, tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari, nikoh yoshi va ajralishlar darajasi kabi demografik jarayonlar tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida O'zbekiston aholisining demografik rivojlanishi iqtisodiyot taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liqligi ko'rsatib berilgan.