Doyra jilolari
Ushbu kitob doira chalish bo'yicha qo'llanma bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan nashr etilgan. Qo'llanma doira ijrochiligini o'zlashtirish, uslubiy ko'rsatmalar, xalq ijodidan namunalar, kompozitorlar asarlari va muallifning asarlarini o'z ichiga oladi. Kitob oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari o'qituvchilari, talabalari va o'quvchilari uchun mo'ljallangan.