ИЗОНИАЗИДГА МОНОРЕЗИСТЕНТ ТУБЕРКУЛЕЗ ХОЛАТЛАРИДА MYCOBACTERIUM TUBERCULOSISНИНГ ГЕНЕТИК МУТАЦИЯЛАРИ ВА УЛАРНИ ОЛИБ БОРИШ ТАКТИКАСИ
Ushbu monografiya izoniazid dorisiga mono-rezistent bo'lgan Mycobacterium tuberculosis (MTB) ning genetik mutatsiyalarini va ularning tarqalishini, shuningdek, ushbu kasallikni davolash taktikasini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda MTB ning genetik mutatsiyalari asosida O'zbekiston sharoitida tuberkulyozni davolash standartlarini o'zgartirish va yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo'yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Monografiya tibbiyot xodimlari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda kasallikni tashxislash va davolashda qo'llaniladigan zamonaviy usullar, jumladan molekulyar-genetik tadqiqotlar, ularning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, olib borilgan tadqiqotlarning natijalari hamda tavsiyalar bayon etilgan. Kitobda shuningdek, tuberkulyozga qarshi kurashda global yutuqlar va ushbu kasallikning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham yoritilgan.