Кардиопротекторное действие флавоноидной фракции экстракта
Ushbu maqola Plantago major L. (katta janjir) oʻsimligining flavonoid fraksiyasining kardioprotektiv, yaʼni yurakni himoya qiluvchi taʼsirini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda Plantago major L. ning tayyorlangan flavonoid ekstrakti fraksiyasining (0,05 mg/ml) kalamush yuragi papillyar mushaklarida, in vitro sharoitida, akotin (1 mkM) taʼsirida yuzaga kelgan aritmiya fonida mushak qisqarishlarining chastotasini susaytirish xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari va adabiyot maʼlumotlarini tahlil qilish asosida, oʻrganilgan flavonoid fraktsiyasining antiaritmik taʼsiri, kardiyomiyotsitlardagi Na+ va Ca2+ kanallari faoliyatini modulyatsiyalashi bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligi taxmin qilingan. Bu natijalar flavonoidlar asosida yangi antiaritmik dorilarni izlash va yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.