Коллеж ўқувчиларида касбий кўник-маларни ривожлантириш методикаси
Ushbu monografiya qishloq xo'jaligi kasb-hunar kollejlari o'quvchilarida kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish metodikasi hamda texnologiyalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda zamonaviy ta'lim texnologiyalari, jumladan, muammoli-izlanish, rivojlantiruvchi, o'yinlar, seminar-treninglar va boshqa interfaol usullardan foydalanish yo'llari tahlil qilinadi. Kitobda, shuningdek, gidromeliorativ mashinalar va jihozlardan foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko'rsatish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar, kompyuterli simulyatorlar va boshqa zamonaviy vositalardan foydalanishning ahamiyati ham yoritilgan. Kitobda o'quvchilarda kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik asoslari, nazorat va baholash mezonlari ham batafsil bayon etilgan.