Коммуникативная компетентность по иностранному языку будущих специалистов
Ushbu maqola kelajak kasb egalari uchun chet tilini o'rgatishda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga bag'ishlangan. Chet tillarini bilish zamonaviy mutaxassisning muhim qobiliyati sifatida ta'kidlanadi. Maqolada zamonaviy talablar, jumladan, texnologik rivojlanish, xalqaro aloqalar hamda internetdan foydalanish chet tilini o'rganishning ahamiyatini oshirishi aytib o'tiladi. Muayyan til qoidalarini bilishdan tashqari, xorijiy til egalari bilan muloqot qilish, madaniyatlararo kommunikatsiya ko'nikmalariga ega bo'lish zarurligi ta'kidlangan. Shuningdek, maqolada o'qitish jarayonida interfaol usullar, jumladan, rolli o'yinlar, guruhli topshiriqlar, diskussiyalar va intervyular kabi zamonaviy va samarali o'qitish usullaridan foydalanish muhimligi ko'rsatib o'tilgan.