Temuriylar va boburiylar sulolasida malika ayollarning davlat boshqaruv tizimida tutgan o`rni
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Amir Temur va Boburiylar sulolasi davrida mamlakat hayotida malika ayollarning tutgan oʻrni va jamiyatdagi roli, hamda ularning davlat boshqaruvi va madaniyat rivojiga qoʻshgan hissasi haqida batafsil maʼlumot beradi. Unda temuriylar va boburiylar sulolalarining hukmronlik davridagi muhim malikalar, jumladan, Saroymulkxonim, Gavharshodbegim, Xadichabegim, Gulbadanbegim, Nurjahonbegim, Mumtozmahal, Zebunnisoning davlat, jamiyat va madaniyat taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi hamda ularning hayot yoʻli, mamlakat siyosatidagi faolligi atroflicha oʻrganilgan. Ishda mazkur davrlarda ayollarning jamiyatdagi oʻrni, ularning ta'sir doirasi va ularga berilgan baho ham tahlil qilingan.