TIBBIYOT GENETIKASI (2-nashr)
Ushbu darslik «Tibbiy genetika» fanining barcha sohalarini, irsiy kasalliklarning kelib chiqish mexanizmlari, klinik belgilari, tashxis qo‘yish usullari, davolash usullari va oldini olish choralarini o‘rganadi. Darslikda 12 ta bob bo‘lib, unda tibbiy genetika fanining barcha sohalari yoritilgan. Birinchi boblarida irsiy kasalliklar to‘g‘risida tushunchalar, ularning tasnifi va asosiy belgilari, ya'ni tashqi ko‘rinishlari bayon etilgan. Irsiy kasalliklar ikkita katta guruhga bo‘lingan: xromosom va gen kasalliklarga. Xromosomalar soni va tuzilishini o‘zgarishi tufayli kelib chiqqan xromosom kasalliklarning tasnifi, klinik manzarasi va kelib chiqish mexanizmlari aniq yoritilgan. Darslikda xuddi shu tartibda gen kasalliklari to‘g‘risida ham ilmiy ma'lumotlar keltirilgan. Alohida e'tibor mitoxondrial, lizosom va impritingning buzilishi tufayli kelib chiqqan irsiy kasalliklar va ularning davolash usullariga qaratilgan. Bundan tashqari, mahsus bo‘limlarda onkogen va irsiyotga moyil bo‘lgan kasaliklarning genetik asoslari va molekulyar darajadagi diagnostikasi keltirilgan. Ohirgi boblarida kasalliklarning tekshirish usulari, shuningdek etiologik, patogenetik va simptomatik davolash usullari to‘g‘risida ma'lumotlar berilgan.