МDH mаmlаkаtlаridа dаvlаt tili mаsаlаlаri
Ushbu tadqiqot MDH davlatlarida, xususan, O‘zbekiston va Tojikistonda davlat tili masalalarini, til siyosatini, milliy tillarning rivojlanishini va davlat tili maqomiga erishish jarayonini, hamda ushbu tillarning amaliyotda qo‘llanilishi va ijtimoiy vazifalarini atroflicha o‘rganadi. Tadqiqotda O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarining «Davlat tili haqida»gi Qonunlari, Prezidentlarining til siyosati borasidagi nutqlari va qarorlari tahlil qilingan. Shuningdek, tillarning rivojlanishidagi muammolar, xususan, o‘zbek va tojik tillarining yozuv va imlo masalalari ham ko‘rib chiqilgan.