Оролбўйида экологик кескинликни юмшатишда махаллий сув хавзаларининг ахамияти
Ushbu maqola Orol dengizi qurishining O'rta Osiyo, xususan, Quyi Amudaryo mintaqasidagi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini tahlil qiladi. Unda Orol dengizi suvi sat'hi pasayishi natijasida yuzaga kelgan sho'rlanish, qishloq xo'jaligiga ta'siri, to'qay maydonlarining qisqarishi va biologik xilma-xillikning yo'qolishi kabi ekologik muammolar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada Orolbo'yidagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha mahalliy suv havzalari (waterlandlar) yaratish, chang-tuz bo'ronlarining oldini olish, mikroiqlimni yaxshilash kabi yechimlar taklif etiladi. Xususan, Sudoche, Jaltirbas va Oqtepa ko'llari kabi mahalliy suv havzalarining ahamiyati va ularning ekologik tiklanishdagi roli ta'kidlanadi. Kelajakda bunday suv havzalarini ko'paytirish Orolbo'yi mintaqasining ekologik barqarorligini ta'minlashda muhim rol o'ynashi ko'rsatilgan.