Отлар гигиенаси
Ushbu kitob otlar gigiyenasiga bag'ishlangan bo'lib, unda otlarni saqlash, oziqlantirish, sug'orish, ularni kasalliklardan himoya qilish, shuningdek, ishchi otlar va ularning egar-anjomlariga bo'lgan gigiyena talablari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitobda, shuningdek, yilqichilikning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati, ot fermalarining qurilishi va ulardagi mikroiqlim, yangi tug'ilgan qulunlarni parvarishlash, biyalarni sog'ish kabi masalalar ham yoritilgan.