Риторика
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 2016-yildagi buyrug'iga asosan tayyorlangan bo'lib, unda o'zbek davlat jahon tillari universiteti jahon tillari fakultetining "Ritorika" fanidan dasturi va o'quv rejasi asosida tuzilgan. Kitobda ritorikaga kirish, uning tarixi, rivojlanish bosqichlari, asosiy qonun-qoidalari, nazariyalari, rivojlanishiga hissa qo'shgan buyuk allomalar, ularning asarlari, ritorikaning zamonaviy talqinlari, uning o'ziga xos jihatlari va amaliy qo'llanilishi atroflicha yoritilgan. Shuningdek, kitobda notiqning nutq tayyorlash texnikasi, nutq jarayonini boshqarish, tinglovchilar bilan muloqot o'rnatish, tortishuvlar olib borish, ishbilan muloqotlar, ritorik vositalar va ulardan samarali foydalanish kabi muhim mavzular batafsil tushuntirilgan. Kitob talabalar, professor-o'qituvchilar, shuningdek, notiqlik san'ati bilan shug'ullanuvchilar uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi.