Саъдуддин Тафтазонийнинг Темурийлар даври мотуридия таълимоти ривожига қўшган ҳиссаси
Ushbu dissertatsiya Oʻrta Osiyo (Movarounnahr) va unga qoʻshni hududlarda XV asrda yashagan, islom olamida mashhur boʻlgan taʼlimotlardan biri — moturidiylik taʼlimoti rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan Saʼduddiddin Taftazoniyning ilmiy ijodi hamda uslubiy merosini tadqiq etishga bagʻishlangan. Tadqiqotda, ayniqsa, Taftazoniyning kalom ilmi, aynan aqidaviy masalalar boʻyicha yozgan asarlari, ularning qoʻlyozma nusxalari va ularning tadqiqi asosida mazkur taʼlimot rivojiga qoʻshgan ilmiy-nazariy hissasi ochib berilgan. Tadqiqot natijasida Taftazoniyning «Sharh al-Maqasid», «Sharh al-Aqoid», «Maqasid at-tolibin» kabi qator noyob asarlarining dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan noyob qoʻlyozma nusxalari aniqlanib, ular oʻrganilgan. Shuningdek, Taftazoniyning ilmiy-nazariy qarashlari taʼsiri hamda Oʻrta Osiyo, X asrda Movarounnahrda shakllangan moturidiylik ilmiy-nazariy maktabi rivojidagi oʻrni tadqiq etilgan.