Спортнинг циклик турлари билан шуғулланувчи спортчиларнинг функционал-метаболик ҳолатини баҳолаш ва уларнинг жисмоний иш қобилятини ошириш йўллари
Ushbu dissertatsiya sportning tsiklik turlari bilan shug'ullanuvchi sportchilarning funksional-metabolik holatini baholashga va ularning jismoniy ish qobiliyatini oshirish yo'llarini aniqlashga bag'ishlangan. Tadqiqotda sportchilarning tana tarkibi, bioimpedansometrik ko'rsatkichlari, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari holati, shuningdek, tezkorlik-kuchli va koordinatsion ko'rsatkichlari o'rganilgan. Xalqaro va mahalliy ilmiy-amaliy tadqiqotlar, statistik ma'lumotlar asosida xulosalar chiqarilgan.