Тайлоқ тумани ичимлик сувларининг сифат кўрсатгичлари
Ushbu maqola Tayloq tumani ichimlik suvlari sifat ko'rsatkichlariga bag'ishlangan. Maqolada Tayloq tumanining geografik tuzilishi, iste'molda ishlatilayotgan quduq va artezian suvlardan olingan suv namunalarining kimyoviy tahlil natijalari keltirilgan. Maqolada Darg'om kanali, uning qurilishi va mintaqani suv bilan ta'minlashdagi roli haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, tuproq va grunt suvlari ifloslanishi, qishloq xo'jaligida ishlatiladigan mineral va organik o'g'itlar, zaharli kimyoviy preparatlarning ta'siri haqida so'z boradi. Maqolada Tayloq tumanidagi turli hududlardan olingan suv namunalarining kimyoviy tarkibi (2014 yil) jadvalda keltirilgan va tahlil qilingan.