Oziq-ovqat sanoatida qayd va hisobot
Ushbu oʻquv uslubiy majmua Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Oziq-ovqat sanoatida qayd va hisobot» fani dasturi asosida tayyorlangan. Majmuada oziq-ovqat sanoatida ish yuritishning muhim jihatlari, jumladan, mahsulotlarni hisobga olish, ularning chiqishini aniqlash, texnologik jarayonlarda ishlatiladigan xom-ashyo va materiallar sarfini meʼyorlash, shuningdek, turli qoʻshimcha moddalar (shakar, tuz, sirka, ziravorlar va boshqalar) hisobi yoritilgan. Kitobda texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hisob-kitoblar, jumladan, bugʻ va suv sarfi, qovurish, sulfatlash, konservalash kabi jarayonlarda massaning oʻzgarishi, yogʻ almashinuvi kabi masalalar tahlil qilingan. Har bir boʻlimda nazariy maʼlumotlar bilan bir qatorda amaliy misollar ham keltirilgan.