Тупрок биогеокимёси
Ushbu kitob tuproq biogeokimyosining asosiy bo'limlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda tuproq, suv, o'simlik va atmosfera tarkibidagi kimyoviy elementlarning migratsiyasi, to'planishi va ularning o'zaro ta'siri yoritilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar, amaliy mashg'ulotlar va ularning bajarilish usullari, shuningdek, elementlar tahlili natijalarini statistik qayta ishlash va vizualizatsiya qilish usullari keltirilgan. Kitob tuproqshunoslik, agrokimyo, ekologiya va boshqa tegishli yo'nalishlardagi talabalar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan.