Учебно-консультативный материал
Ushbu qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimi uchun “Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar” kursini oʻrganuvchi talabalar uchun moʻljallangan. Unda gʻoya, mafkura, milliy gʻoya, vatanparvarlik, tolerantlik, globallashuv, geopolitika kabi tushunchalarning mohiyati, ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Qoʻllanma talabalarga milliy istiqlol gʻoyasining nazariy asoslarini chuqur oʻzlashtirish, jamiyatdagi mafkuraviy jarayonlarni tahlil qilish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.