Фольклор
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan "Barkamol avlod" Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi uchun "Folklor" to'garagi a'zolari uchun o'quv qo'llanma sifatida ishlab chiqilgan. Qo'llanma folklorning mohiyati, ahamiyati, janrlari, qo'shiqlar, raqslar, cholg'u asboblari va ularni o'rgatish metodikasiga bag'ishlangan. Kitobda folklor to'garaklari uchun davlat talablari, mashg'ulotlar mavzulari va foydali adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.