"Эстрадно-инструментальное исполнительство (фортепиано)"
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining estrada-fortepiano ixtisosligi bo'yicha 1-kurs bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. Unda estrada-instrumental ijrochiligi (fortepiano) fani bo'yicha nazariy, axborot, amaliy va nazorat qismlari o'z ichiga olgan. Qo'llanma zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o'quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Davlat Ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan. Unda fortepiano ijrochiligi, xususan, estrada-jazz yo'nalishining nazariy asoslari, tarixiy rivojlanishi, ijro texnikasi, musiqa nazariyasi va janrlari haqida keng qamrovli ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, qo'llanmada turli zamonaviy metodlar, jumladan, "modus" ta'lim texnologiyasi, "miya hujumi" texnikasi, interaktiv o'yinlar, "Fishbone" va "SWOT" tahlili, "Venn diagrammasi" kabi usullar orqali talabalarning ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Qo'llanmada nazariy qismdan tashqari, mashhur kompozitorlarning estrada-jazz janridagi asarlari ham keltirilgan.