Фурацилин ва метилурацил сақловчи полимер доривор пардани яратишда полимер ва пластификатор миқдорини асослаш
Ushbu maqolada dermatologiyada keng qo'llaniladigan furatsilin va metiluratsil majmuasini saqlagan polimer dorivor pardasi (PDP) tarkibidagi polimer va plastifikator miqdorini asoslash masalalari ko'rib chiqilgan. Maqsad PDP tarkibidagi metiltsellyulozaning (MTs) optimal miqdorini aniqlashdan iborat. Tajribalar davomida MTsning turli konsentratsiyalari (2,5%, 2,8%, 3,0%) o'rganilib, ulardan tayyorlangan PDPning xossalari baholangan. Shuningdek, glitserinning miqdorini asoslash bo'yicha tajribalar o'tkazilib, 0,5%, 1,0% va 1,5% glitserin saqlovchi PDPlar baholangan. Tadqiqot natijalari MTsning 2,8% va glitserinning 1,0% konsentratsiyasi PDP uchun optimal ekanligini ko'rsatdi.