Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси. Фуқаролик жамияти
Mazkur «O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati» fani bo‘yicha ma’ruzalar matni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 martdagi № 107 son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu ma’ruzalar matni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil «18» 08 dagi № 4 raqami bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati” fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Kitobda fuqarolik jamiyatining mohiyati, shakllanishi va rivojlanishi, uning asosiy tamoyillari, ijtimoiy-siyosiy fikr tarixida fuqarolik jamiyatining o‘rni, Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida fuqarolik jamiyati g‘oyalari, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati, O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanish strategiyasi, fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va omillari, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolik madaniyati va mas’uliyatining o‘rni, o‘zini-o‘zi boshqarishning ahamiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti sifatida, saylov huquqi erkinligi, fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish kabi muhim masalalar keng yoritib berilgan.