Хоразм ўзбекларининг анъанавий овқатланиши
Ushbu kitob Xorazm o'zbeklarining an'anaviy ovqatlanish madaniyatini, uning tarixi, shakllanishi, tarqalishi va ushbu madaniyatning ijtimoiy-madaniy hayotidagi o'rni hamda uslubiy va nazariy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Xorazm o'zbeklarining an'anaviy taomlari, ularning tayyorlanish usullari, tarkibi, shuningdek, bu taomlar bilan bog'liq urf-odatlar, marosimlar, etno-ekologik xususiyatlar va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash usullari batafsil tahlil qilingan. Kitobda Xorazm oshxonasining o'ziga xos jihatlari, milliy taomlar va ularning foydali xususiyatlari, shuningdek, gastronomiya turizmini rivojlantirishdagi ahamiyati ham yoritilgan. Tadqiqot, shuningdek, o'rganilayotgan muammoning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.