Чанг чолғусининг генезиси ва ривожланиш жараёнлари (чангсимон чолғулар мисолида)
Ushbu dissertatsiya Sharq musiqa madaniyatining asosiy cholg'ularidan biri bo'lgan chang cholg'usining kelib chiqishi, rivojlanishi, uning zamonaviy musiqa madaniyatidagi o'rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda chang cholg'usining tarixiy ildizlari, shakllanishi, ijro an'analari, jahon musiqa madaniyatidagi o'rni, shuningdek, o'zbek musiqa madaniyatiga qo'shgan hissasi keng yoritilgan. Asarda chang cholg'usini yanada takomillashtirish bo'yicha ham takliflar berilgan.