Штампларнинг ишчи қисмини ишлаш муддатини ошириш ва уларга термик ишлов бериш
Maqolada shtamplarning ishchi qismining ishlash muddatini oshirish va ularga termik ishlov berish masalalari ko'rib chiqilgan. Avtomobilsozlik sanoatida shtamplarning ahamiyati, ularning turli korxonalardagi roli va ishlab chiqarish jarayonidagi muammolar tahlil qilingan. Shtamplarni tayyorlashda mahalliy korxonalarning imkoniyatlari, xorijdan keltiriladigan shtamplarga nisbatan afzalliklari va mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatlari o'rganilgan. Shtamplarning sifatini oshirish, ishchi qismlarga termik ishlov berish va jilvirlash texnologiyasini qo'llash orqali ularning xizmat muddatini uzaytirish masalalari yoritilgan. Х12Ф1 po'latidan tayyorlangan teshuvi matritsalarining xususiyatlari, ularni tayyorlash jarayoni va texnologik sinovlari haqida ma'lumot berilgan. Matritsalarni toblash, qattiqlik darajasini aniqlash va ularning ish faoliyatini tekshirish natijalari keltirilgan. Shu bilan birga Х12М po'latidan tayyorlangan matritsalar bilan solishtiruv tahlili o'tkazilgan.