O`zbekiston va yunesko aloqalari tarixi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida Oʻzbekistonning YUNESKO xalqaro tashkiloti bilan ilm-fan, madaniyat va axborot sohalaridagi aloqalari, hamkorlikning tarixiy jihatlari va milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishdagi roli o'rganilgan. Xususan, Oʻzbekistonning YUNESKO ga aʼzo boʻlishi, xalqaro tashkilotning tuzilmasi, vazifalari va Oʻzbekiston bilan hamkorligining shakllanishi, madaniy merosni tiklash va rivojlantirish, xususan, buyuk allomalar va tarixdagi muhim shaharlar yubileyiga bag'ishlangan tadbirlar, xalqaro festivallar va ilmiy anjumanlar, shuningdek, YUNESKOning ta'lim, fan va madaniyat sohasidagi dasturlari va loyihalari, xususan, Oʻzbekistondagi YUNESKO kafedralarining faoliyati batafsil yoritilgan.