🔍

O’zbek shevalaridagi qarindoshlik terminlarining leksik –semantik xususiyatlari

Ushbu kitobda O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan qarindoshlik terminlarining leksik-semantik xususiyatlari atroflicha tahlil qilingan. Muallif o‘zbek shevalaridagi qarindoshlik terminlarining kelib chiqishi, shakllanish tarixi, ularning tizimida yuz bergan fonetik o‘zgarishlar va ma’no anglatishdagi umumiy hamda xususiy jihatlarini sheva materiallari asosida tahlil qilgan. Kitobda shuningdek, nikohgacha va nikohdan keyin hosil bo‘lgan qarindoshlik terminlari, ularning semantik tuzilishi, ma’no doirasi va funktsional xususiyatlari komponent tahlili usuli asosida o‘rganilgan. Xususan, ayol jinsidagi qarindoshlik va yaqinlik atamalarining mantiqiy-lisoniy kategoriyasi, ularning funktsional-semantik mikrotizimi, ma’nolari va ularning tarqalish doirasi, shakllanishi, rivojlanishi, semantik o‘zgarishlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, yaqinlik ma’nolari, ularning nikoh bilan bog‘liq va nikohdan tashqari turlari, ularning ayol jinsidagi vakillari uchun alohida tavsiflanishi ham o‘rin olgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.7%