«Қарақалпақстандағы мәдений мийраслардың әҳмийети ҳәм олардан пайдаланыўдың ҳуқуқый дереклери ҳәм машқалалары».
Ushbu maqola Qoraqalpog'istonning boy madaniy merosi, uning muhimligini va himoyasi hamda undan foydalanishning huquqiy jihatlarini ochib beradi. Qadimdan hozirgi kungacha bo'lgan madaniy ob'ektlarni o'rganish, ularni saqlash, konservatsiya qilish va restauratsiya qilish bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar haqida batafsil ma'lumot berilgan. Xususan, "Buyuk ipak yo'li"ning Qoraqalpog'iston hududidan o'tishi, antik sivilizatsiyalar, Xorazm madaniyati, islom me'morchiligi yodgorliklari, shuningdek, so'nggi davr madaniy merosi bo'lgan "Arallilar" va qoraqalpoqlarning moddiy madaniyatini o'rganishga katta e'tibor qaratilgan. Maqolada, shuningdek, Avesto davriga oid bo'lgan va hozirda ekologik muammolar tufayli yo'qolib ketish xavfi ostida turgan madaniy meros ob'ektlarini, xususan, Shulpik qo'rg'onini tiklash zarurligi ta'kidlanib, buning uchun xalqaro tashkilotlar, jumladan, YUNESKOning yordami ham muhimligi ko'rsatib o'tilgan.