Ҳудудларда хусусий тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш масалалари
Maqolada hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moddiy-texnika va mahalliy xomashyo materiallariga bo'lgan talabni aniqlash, informatsion bazani shakllantirish, kadrlarni iqtisodiy, zamonaviy texnika va texnologiyalar va huquqiy bilim saviyalarini oshirish masalalari o'rganilgan. Kichik biznesni rivojlantirish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar, yaratilgan yangi ish o'rinlari, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi va investitsiya muhiti tahlil qilingan. Shuningdek, sohani rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan muammolar va ularni hal etish yo'llari ko'rsatilgan.