“Eaching english to young children”
Ushbu kitobda yosh bolalarga ingliz tilini o'rgatishning muhim jihatlari tahlil qilingan. O'qituvchilarning bilimi, sabr-toqati, bolalarga bo'lgan munosabati hamda ularning o'rganish usullari, motivatsiyasi va individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligi ta'kidlangan. Bolalarning yoshiga qarab ularning xarakteristikalarini va til o'rganishdagi qobiliyatlarini tushunish o'qitish jarayonining asosini tashkil etishi ko'rsatib berilgan. Kitobda bolalarning yoshiga qarab (5-7 va 8-10 yosh) til o'rganishdagi qobiliyatlari, ular qila oladigan ishlar va ularga qo'yiladigan talablar batafsil yoritilgan. Bundan tashqari, o'qitish jarayonida ko'rgazmalilik, turli o'yinlardan foydalanish, bolalarni qo'llab-quvvatlash va ularning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish hamda xavfsiz muhit yaratish muhimligi ta'kidlangan. Raqobat o'rniga hamkorlikni rivojlantirish hamda baholash tizimidagi o'ziga xosliklar haqida ham so'z yuritilgan.