Abdulla Oripovning adabiy–tanqidiy qarashlari.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning adabiy-tanqidiy qarashlarini, ijod va ijodiy jarayon haqidagi tushunchalarini, talant, ilhom, yaxshi asar yaratish jarayonidagi ijodkor istiroblarini hamda shoirning o'ziga xos badiiy mahoratini yoritishga bag'ishlangan. Ishda Abdulla Oripovning adabiyotimiz taraqqiyotini belgilovchi adabiy-tanqidiy qarashlariga munosabati, zamondosh ijodkorlar haqidagi fikrlari, ustozlari ijodi va ularning badiiy asarlari haqidagi qarashlari tahlil qilingan. Shuningdek, istiqlol adabiyoti va uning taraqqiyoti haqidagi ilmiy-nazariy qarashlari hamda shogirdlari va iste'dodli ijodkorlar haqidagi fikrlari yoritilgan. Abdulla Oripovning ijodiy va badiiy mahoratini, uning o'ziga xos uslubini, adabiy-tanqidiy mulohazalarini ochib berish asosiy maqsad qilib olingan.