Biotexnologik jarayon jihozlari
Ushbu uslubiy qo'llanma "Biotexnologik jarayon jihozlari" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarishga bag'ishlangan. Unda biotexnologiya, sanoat jarayonlari, fermentorlar, sentrifugalar va quritish qurilmalarining asosiy hisoblashlari va nazariy qoidalari batafsil yoritilgan. Qo'llanma talabalarga ushbu jihozlarning ishlash prinsiplarini, hisoblash usullarini va nazariy bilimlarni amaliy mashg'ulotlar orqali mustahkamlashga yordam beradi. Har bir mashg'ulot uchun ma'lumotlar, masalalar va nazorat savollari keltirilgan.