Bug’-gaz qurilmalari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Bug'-gaz qurilmalari" fan dasturi asosida tayyorlangan. Kitobda gaz turbina qurilmalarining asosiy qismlari, ishlash prinsiplari, klassifikatsiyasi, issiqlik jarayonlari, jihozlash sxemalari, samaradorlikni baholash, ekspluatatsiya qilish va texnik talablar batafsil yoritilgan. Gaz turbinalarining aktiv va reaktiv turlari, ularning konstruktsiyasi, tezliklar uchburchaklari, ishchi kurakchalardagi issiqlik jarayoni, gidravlik va mexanik yo'qotishlar, shuningdek, yonish kameralari, kompressorlar va boshqa yordamchi mexanizmlar ham ko'rib chiqilgan. Kitob gaz turbinalari qurilmalarining energetik samaradorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanishga oid nazariy va amaliy bilimlarni beradi.