Butguldoshlar oilasiga zarar keltiruvchi zararkunandalar bioekologiyasi, zarari va ularga qarshi kurash tadbirlari
Ushbu bitiruv malakaviy ishi butguldoshlar oilasiga zarar keltiruvchi zararkunandalarni o'rganishga bag'ishlangan. Unda zararkunandalarning morfo-anatomik tuzilishi, biologiyasi, tarqalishi va ularga qarshi kurash tadbirlari batafsil yoritilgan. Tadqiqot Kasbi tumani sharoitida olib borilgan kuzatuvlarga asoslangan bo'lib, karam shirasi, karam oq kapalagi, sholg'om oq kapalagi va karam kuyasi kabi asosiy zararkunandalarning bioekologik xususiyatlari aniqlangan. Shuningdek, zararkunandalarga qarshi agrotexnik va biologik kurash usullari, jumladan dimilin preparatining samaradorligi o'rganilgan.